Innovatsion loyihalar uchun qulay makon
Rezidentlar uchun soliq imtiyozlari, zamonaviy infratuzilma va professional hamjamiyat. Oylik hisobotlar, ajratmalar va hujjatlar — barchasi bitta kabinetda.
0%
Qo'shilgan qiymat solig'i
0%
Foyda solig'i
1%
Yer solig'i
3 yil
Rezidentlik muddati (eng ko'pi)
Platforma imkoniyatlari
Rezidentlik bilan bog'liq ishlar — bitta joyda
Qog'oz va xatlar o'rniga: hisobot topshirish, to'lovlarni kuzatish va hujjatlarni yuritish onlayn.
Oylik hisobotlar
Har oy o'tgan oy uchun tushum hisobotini onlayn topshiring va uning ko'rib chiqilishini kuzatib boring.
Ajratmalar
Hisobot tasdiqlangach, ajratma summasi avtomatik hisoblanadi. To'lov holati doim ko'rinib turadi.
Auditorlik xulosasi
Yillik auditorlik xulosasini yuklang — tekshiruv natijasi kabinetingizda aks etadi.
Hujjatlar va ma'lumotlar
Kompaniya rekvizitlari, hujjatlar va hisobotlar tarixi bir joyda saqlanadi va istalgan vaqtda ochiq.
Soliq imtiyozlari
Rezidentlarga taqdim etiladigan imtiyozlar
2025-2026-yillar holatiga ko'ra rezidentlarga qo'llaniladigan soliq stavkalari.
"2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"
"Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"
Talablar
Kim rezident bo'la oladi?
Quyidagi mezonlarga javob beruvchi korxona va startaplar INNO Texnopark rezidenti bo'lishi mumkin.
Yuridik shaxs
O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatdan o'tgan MChJ, XK, AJ yoki boshqa huquqiy maqomga ega tadbirkorlik subyektlari.
Innovatsion yo'nalish
Loyiha yuqori texnologiyalar, ilm-fan, zamonaviy ishlab chiqarish yoki sanoat innovatsiyalariga asoslangan bo'lishi shart.
Biznes-reja
Aniq maqsadlar, bozor tahlili va moliyaviy asoslarga ega bo'lgan mukammal biznes-reja taqdim etilishi lozim.
Jamoaviy salohiyat
Loyihani amalga oshirish va rivojlantirish uchun yetarli malakaga ega jamoa yoki hamkorlar mavjudligi.
Jarayon
Rezident bo'lish — to'rt bosqich
Ariza
Kompaniya, rahbar va loyiha haqidagi asosiy ma'lumotlar hamda kerakli hujjatlar taqdim etiladi.
10-15 daqiqaKo'rib chiqish
Ekspert komissiyasi arizani texnik va iqtisodiy jihatdan baholaydi, zarur bo'lsa qo'shimcha ma'lumot so'raydi.
3-5 ish kuniTaqdimot (pitching)
Dastlabki saralashdan o'tgan loyiha ekspert komissiyasi va mentorlar oldida himoya qilinadi.
30 daqiqaShartnoma
Komissiya qarori ijobiy bo'lsa, rezidentlik shartnomasi imzolanadi va sertifikat beriladi.
1-2 kunSavollar
Ko'p so'raladigan savollar
Qanday kompaniyalar rezident bo'la oladi?
O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan, innovatsion yo'nalishda faoliyat yurituvchi har qanday korxona. Startap bo'lishi shart emas — qayta qurollanayotgan sanoat korxonalari ham qabul qilinadi.
Rezidentlik qancha muddatga beriladi?
Dastlabki shartnoma 1 yilga tuziladi va faoliyat natijalari asosida har yili uzaytiriladi. Eng uzun rezidentlik muddati — 3 yil.
Ish joyi uchun to'lov qanday?
Rezidentlar uchun ish joylari imtiyozli narxlarda taqdim etiladi. Narx ofis, angar yoki laboratoriyaga qarab farq qiladi — batafsil ma'lumot uchun biz bilan bog'laning.
Platformada nima qilinadi?
Rezidentlar har oy tushum hisobotini topshiradi, ajratmalar va to'lov holatini kuzatadi, yillik auditorlik xulosasini yuklaydi hamda kompaniya ma'lumotlari va hujjatlarini yuritadi.
Rezident kabinetingiz sizni kutmoqda
Hisobotlar, ajratmalar va hujjatlaringiz bilan ishlash uchun tizimga kiring. Savollar bo'lsa — biz bilan bog'laning.